Targ‘ibot va tashviqot tadbirlarida, "o‘tkir tig‘" li buyumlarni jamoat joylarida olib yurmaslik tushuntirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati bataloni xodimlari tomonidan bozorlar, savdo majmualari, Oliy ta’lim muassasalari, maktablarda va aholi gavjum joylarda "TIG‘" li buyumlarni jamoat joylarida olib yurmaslik yuzasidan targ‘ibot va tashviqotlar olib borilmoqda.
Targ‘ibot va tashviqot tadbirlari davomida, fuqarolarga inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf soluvchi o‘tkir tig‘li buyumlar bilan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oqibatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilib, ushbu turdagi buyumlarni jamoat joylarida ochiq holda olib yurish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185/2-moddasi bilan javobgarlik keltirib chiqarishi mumkinligi tushuntirilmoqda.