3 Noyabr 2025 yil 95

Targʻibot poyezdi IIV Surxondaryo akademik litseyida.

Yoshlarning intellektual salohiyatlari, bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularga Vatanga bo‘lgan muhabbatni, millatini qadrlash tuyg‘ularini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyida "Tengdosh-tengdoshga" tamoyili asosida keng qamrovli davra suhbati  oʻtkazildi.

Davra suhbati  davomida yoshlar uchun  “Intellektual marafon”, shu jumladan "Zakovat" va "25-savol" intellektual o‘yinlari  tashkil etildi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahsda g‘oliblar qo‘shimcha savollar bilangina aniqlandi.

Text to speech