Targ'ibot tadbiri natijalari
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari, polkovnik B.Abdullaev huzurida Sho'rchi tumanida o'tkazilgan yig'ilishda fuqarolarning xonadonini markazlashgan "qo'riqlov pulti"ga ulash borasidagi ishlarni kuchaytirish, bu borada aholi o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borish, fuqarolarning xonadonlarida sodir etilishi mumkin bo'lgan turli o'g'irlik va boshqa jinoyatlarni oldini olish mumkinligi borasida topshiriq bergan edi.
Ana shu topshiriqqa asosan Sho'rchi tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'limi tayanch punkti profilaktika katta inspektori, kapitan Nuriddin Ergashev birinchilardan bo'lib o'z yashash xonadoniga, "qo'riqlov pulti" o'rnatirdi.
Hozirgi kunda aholi o'rtasida bu borada targ'ibot-tashviqot ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Ayni vaqtda "qo'riqlov pulti"ga ulanish istagini bildirgan 55 nafar fuqarolarning arizasiga binoan quriqlov pultlari o'rnatilmoqda.