21 Iyun 2021 yil 482

Taqiqlangan ekin keltirgan tashvish...

Denov tumanida 2021 yilning 18 may kuni soat 14.00 larda, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi tog'li va chegara hudud tezkor bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "Yoshlik" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, q.O'ktamning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, tomorqasida va yashash uyining ichki qismida gul tuvakda, 9 tup "nasha" o'simliklarini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 24 may kuni q.O'ktamga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech