13 Iyun 2021 yil 585

Taqiqlangan ekin etishtirish boshga kulfat keltiradi

Denov tumanida 2021 yil 08 may kuni soat 15.00 da, O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, tuman Davlat xavfsizlik xizmati, viloyat bojxona xodimlari tomonidan tumanning "Sumbula" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, H.Nurulloning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganida, tomarqasidan 159 tup "ko'knor" va 5 tup "nasha" o'simliklarini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan. 18 may kuni H.Nurulloga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech