22 Iyun 2020 yil 654

Taqiqlangan ekin etishtirayotganligi aniqlandi

Denov tumanida 2020 yil 10 iyun kuni taxminan soat 10.00 lar chamasida, viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan tumanning "Daxana" mahallasi hududida o'tkazilgan tadbir davomida, shu mahallada yashovchi, Sh.A.ning yashash uyi va yordamchi xo'jaliklari ko'zdan kechirilganida, tomarqasiga 1 tup "nasha" giyohvandlik o'simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib hujjatlashtirib olingan. 19 iyun kuni Sh.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech