15 Iyun 2020 yil 1045

Tanishiga og'ir tan jarohati etkazdi

Uzun tumanida 2020 yilning 28 may kuni taxminan soat 10.30 lar chamasida, tumanning "Navro'z" mahallasida yashovchi A.X. mahalladoshi N.M. bilan o'zaro janjallashib qolishi oqibatida, N.M.ni chap ko'z sohasiga qo'li bilan bir marta urib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir tan jarohati" etkazgan. Mazkur holat yuzasidan 13 iyun kuni A.X.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech