16 Iyun 2021 yil 632

Talonchi-tuzalish o'rniga yana jinoyatga qo'l urdi

Sho'rchi tumanida 2021 yilning 13 may kuni, tumanning "Bo'ston" mahallasida yashovchi, Sh.Dilfuza tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 12 may kuni soat 16.30 larda, shu mahalla hududida ko'chada ketayotgan vaqtida noma'lum shaxs bo'ynidagi narxi 8 000 000 (sakkiz million) so'mlik ayollar tilla zanjirini yulib olib, qochib ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Denov tumanida yashovchi, 2020 yil 27 noyabr kuni JIB Sirdaryo tumani sudi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilib, o'talmay qolgan 2 yil 6 oy 11 kuni Denov tumani IIB Probasiya guruhi hisobida ozodlikdan cheklash jazosini o'tab kelayotgan, H.Faxriddin sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan. 19 may kuni H.Faxriddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech