Talaba yoshlar bilan "Vatan taqdiri – mening taqdirimda" shiori ostida seminar-trening tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 13 aprel kuni o'tkazilgan "yoshlar bandligini ta'minlash va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari"ga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishining 18-son bayoni hamda ushbu bayon asosida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, ichki ishlar vazirligi, Oliy va o'rta-maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi shuningdek, yoshlar ishlari agentligi 2021 yil 1 may kuni imzolangan yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan "Vatan taqdiri - mening taqdirimda" mavzusida tashkil etiladigan seminar-treninglar o'tkazish to'g'risidagi qo'shma qaror ijrosi ta'minlash maqsadida, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 2021 yil 28 may kuni Termiz Davlat Unversiteti talaba yoshlari uchun "Vatan taqdiri – mening taqdirimda" shiori ostida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur treningda so'z olganlar bugungi kunda mamlakatimiz qonunchiligida bo'layotgan o'zgarishlar, saylov qonunchiligi, fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish hamda mehnat qonunchiligiga qaratilgan ma'ruzalari bilan qatnashdilar.
Ushbu tashkil etilgan seminar-trening talaba yoshlarning huquqiy savodxonligini boyitish bilan birga ularning qalbida vatanparvarlik, konunlarga hurmat hissini uyg'otishga xizmat qiladi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati