23 Yanvar 2021 yil 634

Talaba-yoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi

Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi tomonidan Termiz davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan o'tkazilgan uchrashuvda ana shu savolga javob berildi.
Unda, O'zbekiston Respublikasi "turizm to'g'risida"gi qonuni hamda "xavfsiz turizmni ta'minlash kontsepsiyasi"ning mazmun-mohiyati va viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi faoliyati to'g'risida ma'ruza qilindi.
Mazkur fakultetda tahsil olayotgan talaba-yoshlar viloyatimizga tashrif buyurayotgan mehmonlar, xorijlik sayyohlar, ayniqsa, ommaviy tadbirlarda ishtirok etadigan xorijiy delegasiya vakillarini olib yurish, ularga tarixiy obidalarimiz haqida ma'lumot berishda gid-tarjimon sifatida ko'mak berib kelishmoqda. Bunda talaba-yoshlar chet el fuqarolari bilan xushmuomalada bo'lib, ularning shaxsiy narsa va buyumlariga ehtiyotkor bo'lishlari lozimligi ta'kidlanib, talabalarga turizm faoliyati aks ettirilgan tarqatma bukletlar tarqatildi.
Seminarda yoshlar turistlar bilan bo'ladigan muloqot jarayonidagi ayrim holatlar va boshqa o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech