11 Mart 2022 yil
420
Talaba qizning o‘g‘irlangan tilla zanjiri topildi
Termiz shahrida 2022 yil 26 fevral kuni, Sho‘rchi tumanida yashovchi, Termiz Davlat Universiteti talabasi, Ch.Salima (ism shariflar o‘zgartirilgan) shahar 2-son IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 26 fevral kuni soat 16:40 larda, ijarada yashab kelayotgan, Termiz shahridagi xonadonda kiyim javoni ichida turgan 3.600.000 (uch million olti yuz ming) so‘mlik 1 dona ayollar tillo zanjirini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu o‘g‘irlikni Ch.Salima bilan birga ijarada yashab kelgan, T.Sevinch sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 2 mart kuni T.Sevinchga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati