25 Iyun 2023 yil 199

Takroriy ekin yurtga ham, yerga ham, dehqonga ham koni foyda

Joriy yilning 25 iyun kuni Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i Abduvohid Ismoilov, Muzrabot tuman hokimi A.Ismailov hamda sektor rahbarlari boshchiligida Muzrabot tumani "Sharif Darband" hududidagi "Graf Invest" fermer xo‘jaligi dalasida "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari",  "Temir daftar"da ro‘yxatida turgan hamda kam ta’minlangan oilalardagi ishsiz bo‘lgan fuqarolarga takroriy ekin uchun g‘alladan bo‘shagan yerdan ekin maydoni ajratib berildi. Shuningdek, takroriy ekin uchun ekiladigan yer maydonlari haydalib, urug‘lar fuqarolarga bepul tarqatildi.

Muzrabot tumanida bugungi kunga qadar 2 mingga yaqin ishsiz fuqarolarga 1000 gektarga yaqin yerlar taroriy ekin ekish uchun ajratib berildi.

Viloyat bo‘ylab 3 sektor hududlarida takroriy ekin ekish uchun yer maydonlari ajratish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Text to speech