11 Iyul 2022 yil
529
Taqiqlangan ekinlarni yetishtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Boysun tumanida 2022 yil 2 iyun kuni, tuman IIB xodimlari tomonidan tuman hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2022” tadbiri davomida, shu mahallada yashovchi, B.Sarvigulning (ism sharif o‘zgartirilgan) yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, tomorqasidan 173 tup “ko‘knor” giyohvandlik o‘simligini ekib parvarishlab kelayotganligi aniqlanib ushlangan. 1 iyul kuni B.Sarvigulga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati