26 May 2021 yil 437

Suv nasosi o'g'rilari qo'lga olindi

Angor tumanida 2021 yilning 14 aprel kuni tumanning "Kattaqum" mahallasida yashovchi, T.Bahrom tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu yil 10 aprel kunidan 11 aprel kuniga o'tar kechasi noma'lum shaxs yashash xonadoni old tomonidagi zovur ichida turgan, narxi 1.300.000 (bir million uch yuz ming) so'mlik suv nassosini o'g'irlab ketganligini ma'lum qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni shu tumanda yashovchi, D.Ozorbek va T.Bezorlar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan. 7 may kuni D.Ozorbek va T.Bezorlarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech