11 May 2021 yil 572

Surxonning kuragi erga tegmagan Alp polvonlari "kurash"ga tushishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-son Farmoni va viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2021 yil davomida viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o'rtasida musobaqalar o'tkazish taqvimi rejasiga asosan, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida joriy yilning 11 may kuni sportning "kurash" turi bo'yicha bo'yicha musobaqa o'tkazildi.
Tashkil etilgan musobaqada, O'zbekiston Respublikasi IIV ishchi guruh mas'ul xodimi podpolkovnik Sh.Jo'raqulov ham ishtirok etib, musobaqa ishtirokchilarini tadbir bilan tabriklab barcha kurash polvonlariga omad tiladi.
Musobaqa, qizg'in kurashlarga boy bo'lib, ko'taringki ruhda o'tkazildi.
Murosasiz kechgan musobaqada g'olib bo'lgan hamda sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritgan xodimlar Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovg'alari hamda badiiy kitoblar bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech