21 Sentyabr 2021 yil 474

Surxondaryolik qidiruvdagi shaxs Toshkent shahrida qo'lga olindi

Termiz tumanida 2021 yil may oyida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman prokuraturasi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan, Sherabod tumani "Zarabog'" mahallasida yashovchi, Ch.Suxrob 14 sentyabr kuni Toshkent shahrida hizmat safarida bo'lgan viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Termiz shahar IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yurganligi aniqlanib ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech