Surxondaryodagi IIBlarida, "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari tomonidan 2021 yil 1 dekabr kuni tasdiqlangan 9-dekabr – "Halqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni"ga bag'ishlangan aksilkorruptsiya haftaligi doirasida ichki ishlar organlarida o'tkaziladigan tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar to'g'risidagi rejasining 3-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida, boshqarma ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati tashabbusi bilan tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, korrupsiyaviy holatlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy aksilkorrupsiyaviy tizimlarni joriy etish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishtirish maqsadida, joriy yilning 2 dekabr kuni Oltinsoy va uzun tuman IIBlarida ta'lim muassalarining o'quvchi-yoshlari va o'qituvchilari, tuman Ma'naviyat va ma'rifat bo'lim rahbari ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.
Bundan ko'zlangan maqsad so'ngi yillarda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yosh avlodni yaqindan tanishtirish, ichki ishlar organlari xodimlarining bevosita ish jarayonlari bilan tanishtirish hamda o'sib kelayotgan yosh avlodni kasbga qiziqishini oshirishdan iboratdir.
O'tkazilgan "Ochiq eshiklar kuni" davomida, o'quvchi yoshlar ichki ishlar organlarida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Tuman IIB boshlig'ining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari tomonidan o'quvchi yoshlarga Bad'iy, siyosiy hamda mamlakatimiz bosh qomusi bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kitobi sovg'a qilindi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati