13 Noyabr 2021 yil
433
Surxondaryoda, "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi davom etmoqda
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida bugun o'qituvchi va talaba qizlar o'rtasida Birlashgan Millatlar tashkiloti Bosh assambliyasi tomonidan 25 noyabr xotin-qizlarga nisbatan zo'ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan viloyat Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi, viloyat IIB HPB xotin qizlar masalalari bilan ishlash bo'limi hamda tibbiyot oliygohi mas'ul xodimlari bilan hamkorlikda "Zo'ravonlikka qarshi 16 kun" aktsiyasi doirasida ma'naviy-ma'rifiy kecha bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida, zo'ravonlik va tazyiqni oldini olish borasida videorolik va slaydlar namoyish etildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati