10 Avgust 2021 yil 515

Surxondaryoda "xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbiri o'tkazilishi davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 31 iyul kunidagi hamda Surxondaryo viloyat ichki ishlar boshqarmasining 2021 yil 01 avgust kunidagi farmoyishiga asosan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o'ttiz yilligini o'tkazish davrida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash maqsadida viloyat hududida "xavfsiz hudud" maxsus tezkor profilaktik tadbiri o'tkazilmoqda.
O'tkazilayotgan "xavfsiz hudud" maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida keng jamoatchilik bilan hamkorlikda, jami tekshirilishi lozim bo'lgan ob'ektlar 133082 tekshirildi.
Tadbir davomida 5820 ta ma'muriy holatlar aniqlanib, ularga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Ma'muriy qamoqqa olingan huquqbuzarlar viloyat bo'yicha 56 nafarni, spirtli ichimlikka ruju qo'ygan 150 nafar shaxslar davolash muassasalariga, ruhiy kasallardan 48 nafari davolash muassasasiga, 2 nafar aniq yashash manziliga ega bo'lmagan shaxslar reablitasiya markaziga joylashtirildi.
Ichki ishlar organlari Probasiya xizmati hisobida turgan 5 nafar mahkumlar jazo o'tashning belgilangan tartib qoidalariga rioya etmasdan, jazodan qasddan bo'yin tovlaganligi uchun jazo turini boshqa jazoga almashtirish bo'yicha sudlarga taqdimnomalar kiritildi.
Muqaddam sudlangan shaxslarning 18 nafari ma'muriy nazoratga olinib, ular qayta jinoyat sodir etmasliklari uchun profilaktik suhbatlar o'tkazildi.
Avval sodir etilib, fosh etilmagan jinoyatlardan 4 tasi tadbir davomida fosh etilgan bo'lsa, jinoyat sodir qilib qidiruvda bo'lgan shaxslarning 11 nafari qo'lga olindi. Giyohvandlik bilan bog'liq bo'lgan 2 ta holat Denov va uzun tumanlarida aniqlangan bo'lsa, Bandixon tumanida fohishaxona tashkil etish bo'yicha 1 ta holat aniqlangan. O'tkazilayotgan "tig'" tadbirlari davomida viloyat bo'yicha 5 ta o'tkir tig'li jismlar fuqarolardan tegishli tartibda hujjatlashtirilib, olib qo'yildi.
Viloyat hududining barcha mahallalarida xonadon va ob'ektlarga tadbir boshidan jami 209 ta video-kuzatuv kameralari o'rnatilishiga erishildi.
Surxondaryo viloyati hududida "Mustaqillik" bayrami tadbiriga tayyorgarlik ko'rish va o'tkazish mobaynida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish maqsadiga qaratilgan "xavfsiz hudud" maxsus profilaktik tadbiri o'tkazilishi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech