6 Avgust 2021 yil 735

Surxondaryoda "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz" g'oyasi asosida "Online" shaklda malaka oshirish o'quv kursi boshlandi

O'zbekistоn Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 30 iyul kuni "tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlarini malakasini oshirish uchun maxsus kasbiy tayyorgarlik kurslarida o'qitishni tashkil etish to'g'risida" chiqarilgan farmoyishida tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlarini malakasini oshirish uchun IIV malaka oshirish institutining hududiy filiallarida ikki xaftalik maxsus kasbiy tayyorgarlik dasturi asosida malaka oshirish kurslari tashkil etish ko'rsatilgan bo'lib, joriy yilning 02 avgust kunidan boshlab xizmatdan ajralmagan holda masofaviy online tarzda o'quv yig'inlarini tashkil etish belgilangan.
O'quv kursini tashkil etishdan maqsad, ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilayotgan barcha xodimlarni "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz" g'oyasi asosida umumiy dunyoqarashi, siyosiy ongi, ma'naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, g'urur, iftihor, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori mas'uliyat xislarini oshirish shuningdek, ularni ijtimoiy-huqukiy himoya qilish, ular bilan psixologik yaqin muloqotni o'rnatish hamda tarbiyaviy profilaktik tadbirlarni tashkil etishda xududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlarini kasbiy bilim va ko'nikmalarini oshirish, ma'naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda boy madaniyatimiz, azaliy qadriyatlar va an'analarimizga asoslangan dunyoqarashini shakllantirishga yo'naltirilgan yagona tizimni yaratish, ichki ishlar organlariga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul kilinayotgan qonun xujjatlari, davlat dasturlarining mazmun mohiyatini tizimli va izchil ravishda etkazish, dunyoda va yon-atrofimizda sodir bo'layotgan globallashuv jarayonlariga nisbatan ularda ongli munosabat, faol hayotiy pozisiyasini shakllantirish, burchga sadoqat, mas'uliyat, fidoyilik tuyg'ularini oshirishga qaratilgan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 2 avgust kuni jami 5 nafar tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari, IIV malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari mayor F.T.Klichev hamda hududiy filiallarda o'quv yig'iniga jalb qilingan xodimlar ishtirokida IIV malaka oshirish intituti rahbariyati tomonidan masofaviy, ya'ni online tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
O'quv yig'ini oldi yo'riqnomada o'quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan o'quv dasturidagi har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishganidan so'ng, IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari hamda ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti mas'ul xodimlari ishtirokida sinovlar qabul qilinishi, o'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar berilishi ko'zda tutilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech