3 Iyun 2021 yil 471

Surxondaryoda tergov tizimi tergovchilari va surishtiruvchilariga "Offline" tizimida o'quv kursi tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 avgust kunidagi "ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash tizmini tubdan takomshlashtirish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida "gi PK-3216-son hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 avgust kunidagi "ichki ishlar organlari boshqaruv, nazorat va shaxsiy tarkib bilan ishlashning samarali tizimini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3919-son qarorlarini ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosarining 2021 yil 29 aprel kunidagi "ichki ishlar organlari xodimlari uchun malaka oshirish, qayta tayyorlash va masofadan o'qitish kurslarini tashkil etish to'g'risida"gi farmoyishida ichki ishlar organlari tergov tizimi (katta) tergovchilari va surishtiruvchilari bilan joriy yilning 1 iyun kunidan 19 iyun kuniga qadar xizmatdan ajralmagan holda O'zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish institutining masofaviy ta'lim platformasida o'quv yig'inlarini o'tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 1 iyun kuni viloyat ichki ishlar organlari tergov tizimi (katta) tergovchilari va surishtiruvchilari hamda IIV malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari mayor F.T.Qlichev ishtirokida masofaviy, ya'ni "Offline" tizimida o'tkazilishi rejalashtirilgan o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
Joriy yilning 1 iyun kunidan 19 iyun kuniga qadar davom etadigan qisqa muddatli kasbiy bilimlarini oshirish bo'yicha "Offline" tizimida tashkil etilgan o'quv kursining maqsadi – tergov tizimi (katta) tergovchilari va surishtiruvchilarining bazaviy huquqiy, kasbiy bilimlari va amaliy ko'nikmalarini oshirishdan iborat.
O'quv yig'ini oldi yo'riqnomasida o'quv kurslariga jalb qilingan tinglovchilarga IIV malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o'quv dasturidagi har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishganidan so'ng, ushbu mavzu bo'yicha umumlashgan test savollari, yakuniy nazorat topshiriqlarini bajarib, so'rovnomalarga batafsil javob berishlari tushuntirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech