5 Iyun 2021 yil 568

Surxondaryoda sportning "mini futbol" turi bo'yicha o'tkazilgan musobaqa "g'olib jamoalar" taqdirlanishdi

Joriy yilning 5 iyun kuni Termiz shahridagi "Amu sohillari" sog'lomlashtirish majmuasi futbol maydonida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi.
Mazkur musobaqa, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kunidagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmoni, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasining 2020 yilning 10 noyabr kunidagi viloyat ichki ishlar organlarida "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi buyrug'i talablari asosida, shaxsiy tarkib o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va xodimlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish hamda viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi bilan 2021 yil uchun musobaqalar o'tkazish rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etildi.
Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida o'tkazilgan sportning "mini futbol" turi bo'yicha musobaqada, ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari hamda Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi, tuman ichki ishlar bo'limi xodimlaridan tashkil topgan jami 18 ta futbol jamoalari ishtirok etgan musobaqa, keskin va murosasiz kurashlarga boy bo'lib o'tdi.
Musobaqa yakunida, faxrli birinchi o'rinni viloyat IIB 9-son tergov hibsxonasi olgan bo'lsa, ikkinchi o'rinni Jarqo'rg'on tumani ichki ishlar bo'limi xodimlari qo'lga kiritdi. Uchinchi o'rin viloyat IIB transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.
G'oliblikni qo'lga kiritgan futbol jamoalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasining diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari ulashildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech