Surxondaryoda, pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo'yilmoqda
"Pirotexnika buyumlari muomalasi tartibga solinishi bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun xujjatlariga qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi 2010 yil 22 sentabrdagi O'RQ-261-sonli Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 25 oktabrdagi 234-sonli "O'zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika buyumlari muomilasini davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori ijrosini ta'minlash borasida Surxondaryo viloyati IIBda ham bir qator amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 5 noyabr kuni viloyat IIBning tashkiliy-tahliliy va tezkor-profilaktik tadbirlar rejasi tayyorlanib, viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmatlari hamda shahar va tuman IIBlariga yuborilib, uning ijrosi alohida nazorat ostiga olindi.
Ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlari, bojxona, soliq, hokimiyat, ta'lim muassasalari, chegara qo'shinlari, soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, fuqarolarning o'zini-o'zi boshqarish idoralari va chegara qo'shinlari bilan hamkorlikda, muvofiqlashtiruv va nazorat darajasini kuchaytirish, maqsadida viloyat IIBda tezkor shtab va ishchi guruhi tuzilib, huddi shunday tezkor shtab va ishchi guruhlar barcha shahar-tuman IIBlarida tashkil etildi.
Jami o'tkazilgan reydlar va tezkor qidiruv tadbirlari soni 425 ta. Shulardan, chegaradosh hududlarda 53 ta, bozorlarda 55 ta, savdo markazlarida 61 ta, ko'ngil ochar joylarda 50 ta, o'quv muassasalarida 116 ta, boshqa jamoat joylarida 90 ta. Shulardan jami 4 ta holat aniqlandi.
Olingan pirotexnika mahsulotlarining umumiy qiymati 4.147.500 so'mni tashkil etdi. Shu kunga qadar 1659 dona pirotexnika mahsulotlari aniqlandi.
Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko'rish uchun sudlarga yuborildi.
Tadbir davomida 227 marotaba uchrashuvlar o'tkazildi. Shulardan, 60 marotaba mahallalarda, 51 marotaba korxona va tashkilotlarda, 51 marotaba o'quv muassasalarida, 65 marotaba ko'ngil ochar maskan (restoran, kafe, to'yxona, tantana majmuasi va boshqa joylar)da o'tkazildi.
Ishchi guruhlar tomonidan viloyatda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyat IIB axborot xizmati