20 Iyun 2021 yil 552

Surxondaryoda o'tkazilgan yoshlar festivalida...

Surxondaryo viloyatining markazi Termiz shahrida joriy yilning 15-17 iyun kunlari 5 ta tashabbus bo'yicha o'tkazilgan "yoshlar festivali"da viloyat IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy mehmonlarning xavfsizligini ta'minlash davomida, tashrif buyuruvchi fuqarolarga shaxsiy buyumlariga ehtiyotkor bo'lishlari, shuningdek, mamlakatimizda koronavirus infektsiyasining keng tarqalishi va uni oldini olishda karantin qoidalariga rioya qilishlari, tibbiy niqob taqib oraliq masofani saqlagan holda yurishlari va o'z sog'liklariga e'tiborli bo'lishlari haqida tavsiyalar berib borildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida bir qancha mahalliy mehmonlarning o'z farzandlarini adashtirib qo'yib qilgan murojaatlari yuzasidan, xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan zudlik bilan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida farzandlari topib berilib o'z ota-onalariga qaytarildi.

Text to speech