16 May 2021 yil 545

Surxondaryoda o'tkazilgan ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining kubogi musobaqasi g'oliblari taqdirlanishdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi "O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF–5887–son Farmonlari talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assosiasiyasi tomonidan joriy yilning 22 aprel kuni tasdiqlangan Nizomga asosan viloyatdagi 3-sektor hududidagi mahallalarda uyushmagan yoshlar o'rtasida sportning "mini futbol" turi bo'yicha "Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i kubogi" uchun 1 bosqich shahar tuman hududlarida o'tkazilib kelinayotgan edi.
Ushbu sport turnirining 2 bosqichiga bag'ishlangan musobaqa 15 may kuni Termiz shahridagi Amudaryo sog'lomlashtirish oromgohining sun'iy futbol o'yini maydonida o'tkazildi.
Musobaqaning ochilish marosimida Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik u.S.O'taev qatnashib, jamolarga omad tiladi.
Musobaqada vohaning shahar-tuman 3 sektor hududlaridagi mahallalaridagi uyushmagan yoshlardan tarkib topgan 15 ta futbol jamoalari o'rtasida bo'lib o'tdi.
Musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad esa, sog'lom turmush tarzini shakllantirish, viloyat aholisining ijtimoiy faolligini oshirish va salomatligini mustahkamlash, o'sib kelayotgan yosh avlodning sog'ligini mustahkamlash, uyushmagan yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug'ullanishga jalb qilish, ularning harakat faolligini oshirish, sog'lom turmush tarzi tamoyillarini shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur o'tkazilgan tadbirda viloyat IIB boshlig'i va o'rinbosarlari ishtirok etib, yoshlarning futbol o'yinlarini kuzatib borishdi.
Tadbir so'ngida g'olib jamoalarni taqdirlash maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i polkovnik A.S.Ismoilov so'zga chiqib, viloyat miqyosida aprel oyidan buyon sportning "mini futbol" turi bo'yicha o'tkazib kelinayotgan musobaqada, o'z hududida g'olib bo'lib, viloyat bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritgan jamoalarni tabriklab, ularning keyingi ishtirok etadigan Respublika bosqichida bo'lib o'tadigan o'yinlariga omadlar tiladi.
Murosasiz va keskin kurashlarga boy bo'lgan musobaqada g'olib jamoalar Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'ining diplom, medal, kubok va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech