9 Aprel 2020 yil 687

Surxondaryoda o'tkazilayotgan karantin reydlari davomida...

O'zbekiston Respublikasi ma'muriy jaobgarlik to'g'risidagi Kodeksning bir qator moddalariga o'zgartirish va qo'shichalar kiritildi. Jumladan, ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 54-moddasi haqida to'xtalib o'tadigan bo'lsak, "karantinli va inson uchun xavfli bo'lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo'lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, niqobsiz yurish qat'iyan man etilgan"ligi qat'iy belgilab qo'yilgan edi.
Shu munosabat bilan, Surxondaryo viloyat sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik nazorat markazi xodimlari bilan hamkorlikda har kuni reydlar tashkil etilib, aholi o'rtasida tushuntirish-targ'ibot ishlari olib borilayapdi. Karantin davri boshlangandan buyon, Surxondaryo viloyatida 1466 nafar shaxslarga nisbatan ma'muriy choralar Ko'rildi. Reydlar davomida shu narsa ma'lum bo'lmoqdaki, ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali, qolaversa, mahalla hududlarida huquq-tartibot organlarining maxsus avtoulovlariga o'rnatilgan ovozguchaytirgichlar orqali qilinayotgan tushuntirish va targ'ibot ishlariga qaramasdan, go'yo-ki, fuqarolarmiz "koronavirus infektsiyasi" haqida to'liq tushunchaga ega emasdek, qoidabuzarlarga tegishli savollar bilan murojaat qilinganida bu dahshatli yuqumli kasalikning kelib chiqishi va tarqalishini tushunib etmagandek.
Fuqarolarimiz, shaxsiy va moddiy manfaatlarini ustun qo'yib, ko'chada yoki bozorlarda bemalol haraktlanmoqda. Guyoki, niqob taqib yurish bilan fuqaro COVID-19dan himoyalanayotgandek o'zini haq sanashmoqda.
Bundan tashqari, aholi va haydovchilar orasida maxsus ruxsatnoma (stiker)siz harakatlanish 4 mln 460 ming sumdan 11 mln 150 ming so'mgacha jarima solinishi mumkinligi tushuntirilishiga qaramay, yo'lovchi tashish bilan shug'ullanayotgan olg'ir haydovchilar ham uchrab turibdi.
Bu borada o'tkazilayotgan reydlar davomida ayni vaqtgacha, karantin qoidasini buzib, maxsus ruxsatnomasiz yurgan 36 ta transport vositasi haydovchilariga nisbatan jarimalar qo'llanilib, avtotransport vositalari hamda Termiz shahri ko'chalarida maqsadsiz yurgan 39 ta velosiped hamda 2 ta skuterlar jarima maydonchasiga kiritildi.
Eslatib o'tamiz, jarimaga tortilgan avtomototransport vositalari jarima maydonchasiga kiritilganidan tashqari, avtomototransport vositalari hamda velosipedlar koronavirus pandemiyasi uchun joriy etilgan karantin davri yakuniga qadar chiqarilmaydi.
Shuning uchun aziz fuqarolarimizdan iltimos qilib qolar edik-ki, karantin qoidalariga qat'iy rioya etib, uyda qolishlarini.
Karantin qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan maxsus reyd tadbirlari huquqtartibot organlari hamda tegishli davlat tashkilotlari xodimlari bilan hamkorlikda viloyat bo'ylab davom ettirilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech