24 May 2021 yil 557

Surxondaryoda o'quv kursi tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 dekabrdagi 5408-son Farmoyishi ijrosi yuzasidan O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya va Surxondaryo viloyati hokimining 2020 yil 30 apreldagi qo'shma qaroriga asosan Surxondaryo viloyati hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish, xodimlarning kasbiy ko'nikmalari hamda jangovar shayligini mustahkamlash maqsadida Janubi-G'arbiy maxsus harbiy okrugi Janubiy operativ qo'mondonligi Termiz shahridagi harbiy qism bazasida 8-o'quv yig'inida 76 nafar Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlari bilan o'quv kurslari tashkil etildi.
Tashkil etilgan o'quv kursi, o'quv dasturi asosida xodimlarning jismoniy, jangovar va saf tayyorgarligi bo'yicha ko'nikmalarini oshirishga alohida e'tibor qaratildi. O'quv yig'iniga jalb etilgan xodimlar bilan kunning birinchi yarmida soat 09:00 dan 16:00 gacha nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlari o'tkazilgan bo'lsa, kunning ikkinchi qismida soat 16:00 dan 22:00 gacha Termiz shahri hududi bo'ylab 30 ta yo'nalishda 76 nafar xodimlar jamoat tartibini saqlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'yicha xizmat o'tashga jalb etildi. O'quv kursi xodimlari hududiy profilaktika inspektorlari bilan birga hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun xizmatga jalb etildi.
Ixtisoslashtirilgan o'quv kursi yakuni munosabati bilan Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik u.O'taev hamda Janubiy operativ qo'mondonligi tasarrufidagi Termiz garnizonidagi harbiy qismda jangovar tayyorgarlik bo'lim boshlig'i mayor N.Alangovlar ishtirok etib, o'quv kursi tinglovchilarini tabriklab, ularning kelgusi ishlariga omad tiladi. Shundan so'ng, ichki ishlar organlari xodimlariga maxsus sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.
O'quv kursi xodimlari hududiy profilaktika inspektorlari bilan birga hisobda turgan shaxslar bilan profilaktik tadbirlarni amalga oshirish uchun xizmatga jalb etildi. Bu kabi ixtisoslashtirilgan o'quv kurslarida o'quv yig'inlari davom ettiriladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech