13 Dekabr 2021 yil 508

Surxondaryoda "Odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida mahalliy tashkilotlarning salohiyatini oshirish" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.

Birlashgan Millatlar tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi (USAID, UNODC) va O'zbekiston Respublikasi IIV hamkorligida joriy yilning 9-10 dekabr kunlari, Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida joylashgan "Termez-Palace" mehmonxonasida "Odam savdosiga qarshi kurashish masalalarida mahalliy tashkilotlarning salohiyatini oshirish" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
Mazkur seminar-treningda odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo'yicha, viloyat hududiy komissiyasi ishchi guruh a'zolari, nodavlat-notijorat tashkilotlar va boshqa mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishib, mavzuga oid fikr-mulohazalar tinglanib, seminar-trening savol-javob tarzida bo'lib o'tdi.
Xususan, seminar-treningda, Surxondaryo viloyat IIB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari tomonidan odam savdosi bilan bog'liq jinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha xorijiy amaliyot bilan yaqindan tanishib, nodavlat va notijorat tashkilot vakillari va boshqa hamkor tashkilotlar odam savdosidan jabrlangan shaxslar bilan ishlash jarayoni bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishib, ikki kunlik seminar davomida ishtirokchilar asosan ayollar va bolalar odam savdosi qurboniga tushib qolishlari, ushbu transmilliy jinoyat oqibatlari haqida bilimlarini oshirib, mavzu doirasida o'zaro fikr almashib, seminar qatnashchilari yetarli tajriba va malakaga ega bo'ldilar.

Text to speech