25 Noyabr 2021 yil 498

Surxondaryoda, mobil-sayyor malaka oshirish o'quv yig'ini tashkil etildi

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 2021 yil 20 noyabr kunidagi "Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlarini malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish to'g'risida"gi farmoyishiga asosan vazirlik malaka oshirish institutining professor-o'qituvchilari tomonidan viloyat ichki ishlar organlari rahbar xodimlarining malakasini oshirish maqsadida mobil-sayyor malaka oshirish o'quv yig'ini vazirlik malaka oshirish instituti Surxondaryo filialida boshlandi.
Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlarining malakasini oshirish bo'yicha mobil-sayyor malaka oshirish o'quv yig'inini tashkil etishning maqsadi – xodimlarda xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun kasbiy bilimlarini yangilash, chuqurlashtirish hamda ko'nikma va mahoratlarini oshirishni uzluksiz ta'minlash, shuningdek jinoyat qidiruv, terrorizm hamda ekstremizmga qarshi kurashish faoliyatida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat faoliyatiga oid islohotlar va yangiliklar, yuridik tayyorgarlik hamda maxsus-kasbiy tayyorgarlik bo'yicha bilim, ko'nikmalarini oshirishdan iborat.
O'quv yig'ini boshlanishida, vazirlik malaka oshirish instituti boshlig'ining 1-o'rinbosari polkovnik Rasulev Ulug'bek Erkinovich, IIV Surxondaryo akademik litseyi direktori podpolkovnik Bo'riev Baxtiyor Vahobovichlar tomonidan mobil-sayyor o'quv yig'inlariga jalb qilingan viloyat ichki ishlar organlarining jinoyat qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish xizmati rahbar xodimlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining birinchi o'rinbosarlari va tergov xizmati xodimlari hamda tuman (shahar) ichki ishlar organlarining tergov bo'yicha o'rinbosarlariga o'quv yig'ini oldi yo'riqnomasi o'tkazildi.
Mazkur mobil-sayyor malaka oshirish o'quv yig'ini tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvaliga asosan xizmat faoliyatidan ajratilmagan holda uzluksiz o'quv karera va modul tizimi asosida IIV malaka oshirish institutining professor-o'qituvchilari tomonidan o'rnatilgan tartibda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda olib borilmoqda.
O'quv yig'ini tinglovchilarga xizmat faoliyatidan ajratilmagan holda modul tizimi asosida tashkil etishdan iborat bo'lib, malaka oshirishni sifatli va tizimli tashkil etish hamda ularni kasbiy bilimi, ko'nikmasi, malakalarini uzuluksiz yangilash va rivoshlantirish, unda xizmat faoliyatiga oid islohotlar va yangiliklar, yuridik tayyorgarlik hamda maxsus-kasbiy tayyorgarlik bo'yicha bilim, ko'nikma tinglovchilarga yetkazilib, malakasi oshirilmoqda.
Tashkil etilgan, mazkur o'quv yig'inini muvafaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar beriladi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyida "Korruptsiya - jirkanch illat" mavzusida ochiq seminar-mashg'uloti bo'lib o'tdi. Mazkur seminar-treningda o'quvchi yoshlar korruptsiyaga qarshi kurashish borasida o'zlarining bilimlarini aytib, savol-javob qilishdi. Ochiq tarzida o'tkazilgan seminar-mashg'uloti qiziqarli tarzda o'tkazildi.
Mazkur tadbirda faol qatnashgan o'quvchilar badiy kitoblar bilan taqdirlandi.

IIV malaka oshirish instituti Surxondaryo filiali

Text to speech