Surxondaryoda, masofaviy-onlayn tarzda 2 mingga yaqin ma'muriy ishlar ko'rildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 aprel kunidagi "Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta'minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5050-son Qarorining 1-bandida
2021 yil 1 sentabr kuniga qadar profilaktika inspektorlari vakolatiga kiruvchi ma'muriy huquqbuzarliklar bo'yicha ish yurituvini to'liq elektron shaklga o'tkazish va profilaktika inspektorlari va fuqarolarning sud majlisida "masofaviy" tarzda qatnashish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilanganligi, ushbu belgilangan vazifani sifatli amalga oshirish maqsadida ichki ishlar vazirligining "E-ma`muriy ish" yagona axborot tizimi bilan "E-XSUD" axborot tizimi integrasiya qilinganligi va barcha Jinoyat ishlari bo'yicha sudlarning sud majlislar zali hamda profilaktika inspektorlarning xizmat xonalari kerakli kompyuter jamlanmasi va uskunalar bilan jihozlangandi, bugungi kunda hududlarda masofadan turib JIB shahar-tuman sudlari bilan onlayn tarzda sud majlislarini o'tkazishda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida, 2021 yil 9 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Surxondaryo viloyati sudi binosida JIB viloyat sudi raisi o'rinbosari O.Normaxmatov va viloyat IIB boshlig'ining o'rinbosari podpolkovnik B.Xidirovlar raisligida videokonferentsiya seminar yig'ilishi o'tkazildi.
Shuningdek joriy yilning 1 sentyabr kunidan profilaktika inspektorlarining ish yurituvida bo'lgan 2 mingga yaqin ma'muriy hujjatlar onlayn tarzda o'tkazildi, bu esa fuqarolarning uzoq masofadan shahar markaziga ovvora bo'lib sudlarga kelib ketishining oldi olindi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati