Surxondaryoda kuchaytirilgan karantin reydlari davom etmoqda...
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvar kunidagi PF-5537-sonli va 19 mart kunidagi PF-5969-son farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 mart kunidagi 176-sonli qarorida O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hamda huquqtartibot organlari, tegishli davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda dunyo bo'ylab insoniyat boshiga xavf solayotgan COVID 19 koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, maxsus reyd tadbirlari o'tkazilib kelinmoqda.
Denov tumani hududida 4 ta "Hayrabod", "Hazarbog'", "Yurchi" hamda "Orol" blok postlari tashkil etilgan. 2020 yilning 8 aprel kuniga qadar Denov tumani hududida o'tkazilayotgan reydlarda karantin qoidalarini buzilishi holatlarida 284 nafar shaxslarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Bundan tashqari, Termiz shahrida o'tkazilayotgan karantin reyd tadbirlari davomida, xodimlar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilishlari bo'yicha targ'ibot ishlari amalga oshirilib, karantin qoidalarini buzgan fuqarolarga nisbatan keskin choralar ko'rilmoqda.
Patrul yo'nalishlaridagi xodimlar Termiz shahar xududidagi 36 ta mahallalar bo'ylab harakatlanib, targ'ibot ishlari olib borilishi davomida 1772 nafar fuqarolar bilan profilaktik suhbat o'tkazildi. 644 nafar velosipedda harakatlanib yurgan fuqarolar bilan rasmiy ogohlantirish ishlari olib borilib, fuqarolar tomonidan maqsadsiz velosiped boshqarib yurganligi uchun 219 ta velosipedlar hamda 3 ta motoskuter (motosikl) boshqargan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borilib, motoskuterlar jarima maydonchasiga yopildi.
Shuningdek fuqarolarga ovoz kuchaytirgichlar yordamida Termiz shahrida avtotransport vositalarini ruxsatnomasiz boshqarmasliklari, motosukuter va velosipedda harakat to'xtatilganligini, zaruratsiz ko'chaga chiqmasliklari, tibbiy niqob taqib yurishlari, bir-birlari bilan kamida 2 metrlik masofa saqlagan holda muloqotda bo'lishlari haqida tushuntirish va targ'ibot ishlariga qaramasdan ruxsatnomasiz avtotransport vositalarini boshqargan fuqarolarga tegishli bo'lgan 48 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga yopildi.
Karantin qoidalari buzilishining oldini olishga qaratilgan maxsus reyd tadbirlari huquqtartibot organlari hamda tegishli davlat tashkilotlari xodimlari bilan hamkorlikda viloyat bo'ylab davom ettirilmoqda.
Shuning uchun aziz fuqarolarimizdan karantin qoidalariga qat'iy rioya etib, uyda qolishlarini iltimos qilib qolar edik!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati