26 Noyabr 2020 yil 598

Surxondaryoda jamoat tartibini saqlash, xavfsizlikni ta'minlash borasidagi amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti administrasiyasining topshirig'iga asosan, Surxondaryo viloyati hududida jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo'yish borasida belgilangan manzilli chora-tadbirlar doirasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlarni samarali tashkil etish borasida, joriy yilning 21-23 noyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi IIV, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi mas'ul xodimlaridan tuzilgan ishchi guruhi viloyatning kriminogen vaziyati murakkab bo'lgan mahallalarida takroriy jinoyatlarning oldini olish bo'yicha o'rganish ishlari olib bordi. O'rganish davomida kriminogen vaziyati murakkab hamda ishsizlik darajasi yuqori bo'lgan mahalla fuqarolar yig'inlari raislari, ularning huquq-tartibot masalalari, oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalari, obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo'yicha o'rinbosarlarining faoliyati tahlil qilinib, tanqidiy baho berildi.
Shuningdek, hududlardagi kriminogen vaziyati og'ir hamda ishsizlik darajasi yuqori bo'lgan fuqarolar yig'inlarining faoliyatidagi muammolarni bartaraf etish bo'yicha aniq harakatlar dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy etildi.
O'rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar bo'yicha fuqarolar yig'inlarida ishni samarali va tizimli tashkil etish, ularning faoliyatini o'rganish hamda uslubiy-amaliy yordam ko'rsatish maqsadida tuman bo'limining rahbar hamda mas'ul xodimlarini mahallalarga har kuni chiqish jadvallari tasdiqlanib, shu asosida fuqarolar yig'inlariga uslubiy-amaliy yordam ko'rsatib borish tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha ishchi guruh tomonidan tegishli tushunchalar berildi.
Shu bilan bir qatorda har choraqda xalq deputatlari Kengashi yig'ilishlarida mahallalarda uchrayotgan muammo va kamchiliklarning echimi bo'yicha axborot berib borilishi belgilab olindi.
Surxondaryo viloyat IIB HPB

Text to speech