Surxondaryoda ichki ishlar vazirligi tomonidan kontsert dasturi tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 18 fevral kunidagi 24-sonli Farmoyishi talablari ijrosini ta'minlash maqsadida, ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan san'atkorlar, xonanda va sozandalar hamda badiiy so'z ustalari ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan xizmatni o'tash vaqtida vafot etgan xodimlarning oila a'zolari, nogiron bo'lib qolgan xodimlar hamda faxriylarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlash maqsadida kontsert dasturlari o'tkazilib kelinmoqda.
Xuddi shunday kontsert dasturlari joriy yilning 3-aprel kuni Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumani hamda Termiz shahri Markaziy o'yingohlarida tashkil qilindi.
O'tkazilgan kontsert dasturida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan elimizning hushovoz san'atkor xonandalari hamda so'z ustalari tomonidan ijro etilgan kuy qo'shiqlari, dil tortar navolari-yu, hangomalari kontsert dasturiga tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo'ldi.
Kontsert dasturi yakunida, O'zbekiston Respublikasi IIV Madaniyat saroyi boshlig'i podpolkovnik u.Tillaev boshchiligidagi san'atkorlar hamda Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati, xizmat vaqtida halok bo'lgan xodimlarning xonadoniga tashrif buyurishib, oila a'zolari va farzandlari holidan xabar olinib, ularning farzandlari bilan dildan suhbat qurishdi.
Xalqimizning madaniy va ma'naviy hordiq chiqarishlari uchun o'tkazilayotgan kontsert dasturi davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati