Surxondaryoda ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini "xodimbay" tamoyili asosida o'rganish ishlari davom etmoqda
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor A.I.Ikramovning 2021 yil 10 iyun kunidagi hamda Surxondaryo viloyati IIB boshlig'ining 2021 yil 13 iyun kunidagi "ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoyishlari talablari ijrosini ta'minlash borasida Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan ta'minlash xizmati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilishi yo'lga qo'yilib, bunda, ichki ishlar organlarining tarkibiy va hududiy bo'linmalarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda, shuningdek, jamiyat hayotidagi faolligini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilib, har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadi ko'zda tutiladi.
Bu galgi o'rganish ishlari boshqarma ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan ta'minlash xizmati, xotin-qizlar masalalari bo'yicha bosh inspektori mayor g.J.Raxmatova tomonidan, Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o'rtasida tashkil etildi.
Tashkil qilingan o'rganish ishlarida asosiy e'tibor ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar bilan yakka tartibda suhbat olib borish, ularning muammolarini "xodimbay" tamoyili asosida o'rganish, ijtimoiy yordamga muhtoj va og'ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va boshqa turdagi yordamlar ko'rsatish, sohadagi va jamiyat hayotidagi roli hamda faolligini oshirish, ularning intellektual va professional salohiyatlarini oshirish, mehnat sharoitlarini yaxshilashga qaratildi.
Shuningdek, xodimlar o'rtasida xizmat intizomini va qonunchilikni, sog'lom muhitni mustahkamlash, xotin-qizlarning formali kiyim-bosh kiyib yurish tartibi, bir kunlik ish faoliyati davomida, ularni ish sharoiti, ijtimoiy holati, xizmat intizomi shuningdek, fuqarolar bilan o'tkazilayotgan uchrashuvlarida muaomala madaniyatlari o'rganildi.
Birgina misol tariqasida oladigan bo'lsak. Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari bo'yicha katta inspektori katta leytenant S.Allanazarova bilan o'tkazilgan yakka tartibdagi suhbat davomida, S.Allanazarova tomonidan Termiz shahar "Temiryo'lchi" mahallasida yashovchi "Probasiya" hisobida turgan jinoyat sodir etishga moyil fuqaro M.T. ismli ayol bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilib unga tegishli hulq atvorda bo'lish ko'rsatmalari berildi.
Shuningdek, Termiz shahar bo'yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi kichik inspektori katta serjant Xallieva Feruzaning bir kunlik ish faoliyati davomida 35 nafar fuqaroligi yo'q shaxslarni qabul qilib ularning murojaatlarini o'rganish hamda ularga tayyor bo'lgan fuqaroligi yo'q pasportlar va ID kartalarni topshirish jarayonlari o'rganildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati