7 Iyul 2021 yil 370

Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlarining yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

Surxondaryo viloyati IIB migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va hududiy bo'linmalari shaxsiy tarkibi, yaqin qarindoshlari (ota-onalari va turmush o'rtoqlari) bilan "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish — oliy burchimiz!"mavzusida tadbir o'tkazildi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi IIV migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari podpolkovnik A.Mehmonov, O'zbekiston Respublikasi IIV migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'ining bosh maslahatchisi polkovnik R.Tursunov, O'zbekiston Respublikasi IIV o'z xavfsizligi boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo'yicha bo'lim boshlig'i N.Ochilov va Termiz davlat universitieti katta o'qituvchisi T.Xoliyarovlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so'z olganlar sohani takomillashtirish va jahon andozalariga moslashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, xizmat faoliyati davomida qulay shart-sharoit yaratish hamda mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish masalalarida so'z yuritildi.
Eng muhimi har bir xodimga xizmati davomida belgilangan tartib intizom va vazifalarga sidqidildan yondoshishi muhimligi uqtirildi. Ish samaradorligini oshirish, fuqarolarga sifatli xizmat ko'rsatishga doir vazifalar belgilab berildi.
Tadbirda shu kunga qadar ish faoliyati davomida fidoyilik ko'rsatib kelgan xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovg'alari topshirildi.
Shuningdek, tadbirda 2020 yil 13 mart kunidagi "O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida"gi qonunga asosan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tan olingan 5 nafar fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga "O'zbekiston Respublikasi fuqarosi" maqomi berilgan ID kartasi hamda "Zulfiya" nomidagi davlat mukofoti sovrindori R.Abdurazokovaning 16 yoshga to'lishi munosabati bilan ID kartasi topshirildi.
Tadbir yakunida, sho'rchilik Eshqobilov Lutfulla baxshi tomonidan o'zbek xalq dostonlaridan aytilgan termalar, tadbir ishtirokchilarning madaniy hordiq olishlari bilan ularning olqishiga sazovor bo'lishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech