1 Iyul 2021 yil 499

Surxondaryoda, ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar shayligini oshirish borasidagi o'quv mashg'ulotlari davom etmoqda

Joriy yilning 1 iyul kuni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor B.Yu. Mirzaraximov rahbarligida, Sherobod, Angor, Qumqo'rg'on, Sho'rchi, Denov va Jarqo'rg'on tumanlari ichki ishlar bo'limlari shaxsiy tarkibi bilan doimiy joylashuv joyini qo'riqlash va mudofaa qilish bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib borildi.
Shuningdek, Termiz umumqo'shin harbiy dala poligonida jinoyatchilarni aniqlash va ularni zararsizlantirish bo'yicha ko'rgazmali maxsus-taktik o'quv mashqlari hamda amaliy o'q-otish mashg'ulotlari o'tkazildi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining jangovar shayligini oshirish borasida ishlar davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech