17 Iyul 2021 yil 448

Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlarining avtomototransport vositalarini boshqarish bo'yicha bilim va malakasi yana bir bor oshirildi

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi "avtomototransport vositalari va shahar elektr transport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim xizmatlari ko'rsatish faoliyatini lisenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 408-son qarori talablari ijrosini ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 28 may kunidagi "ichki ishlar organlarida avtomototransport vositalari biriktirilgan xodimlar bilan malaka oshirish o'quv kurslarini tashkil etish to'g'risida"gi tegishli farmoyish tasdiqlangan bo'lib, ushbu farmoyishda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining bir guruh professor-o'qituvchilari tomonidan sayyor malaka oshirish o'quv kurslari tashkil etildi.
Tashkil etilgan o'quv kurslarida professor-o'qituvchilar podpolkovniklar A.Yuldashev, Z. Xolikov, I.Turaev va o.Xolmo'minovlar tomonidan olib borilib, Surxondaryo viloyatida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlarida avtomototransport vositalari biriktirilgan 600 ga yaqin xodimlarning nazariy bilimi va amaliy ko'nikmalari oshirildi.
Ushbu sayyor malaka oshirish o'quv kursini tashkil etishdan maqsad avtomototransport vosilari biriktirilgan IIOlari xodimlarining "yo'l harakati qoidalari"ga kiritilgan o'zgarishlar va yangi qoidalar bilan bilimlarini boyitish hamda kelgusida xizmat faoliyatida qoidalarga amal qilish orqali IIOlari xodimlari ishtirokidagi yo'l-transport hodisalarni oldini olishga qaratilgan.
O'quv kursini tashkillashtirishda ma'ruza materiallari, ko'rgazmali slaydlar, metodik qo'llanmalar, mavzuga doir video lavhalar hamda AKT bilan jihozlangan xonalarda olib borilgani barcha qatnashchilarida katta qiziqish uyg'otdi.
O'quv kurslari yakunida tinglovchilardan tegishli tartibda test sinovlar qabul qilinib, sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgan xodimlarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirilishi nazarda tutilgan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi professor-o'qituvchilari hamda Surxondaryo viloyati IIB Moliya va moddiy texnik ta'minoti boshqarmasi xo'jalik xizmati avtomobil xo'jalik boshlig'i katta serjant o.Haydarov ishtirokida avtomototransport vositalarning texnik holati ko'zdan kechirildi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech