9 Noyabr 2021 yil 506

Surxondaryoda, ichki ishlar organlari xodimlariga "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 30 yilligi" esdalik nishoni topshirildi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Sherobod tumani hokimligida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan Vatanimiz tinchligi, el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi ko'p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasidagi samarali mehnatlari, o'z xizmat burchini bajarish chog'ida ko'rsatgan mardlik va jasorati, kadrlar tayyorlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shgan munosib hissasi uchun hamda 25-oktabr - "Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni" munosabati bilan Qiziriq, Sherobod, Muzrabot, Boysun, Angor hamda Bandixon tumanlarida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlarining 48 nafar rahbar va xodimlari "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu esdalik nishonlarini Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik Abduvohid Ismoilov o'z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Text to speech