10 Noyabr 2021 yil 421

Surxondaryoda, ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga esdalik nishoni hamda qimmatbaho sovg'alar topshirildi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida, O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyrug'i bilan Vatanimiz tinchligi, el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi ko'p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olish borasidagi samarali mehnatlari, o'z xizmat burchini bajarish chog'ida ko'rsatgan mardlik va jasorati, kadrlar tayyorlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga qo'shgan munosib hissasi uchun hamda 25-oktabr - "Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni" munosabati bilan boshqarma boshlig'i o'rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari va xodimlari, Termiz shahar hamda Termiz tumanlarida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlarining 102 nafar rahbar va xodimlari, shuningdek 12 nafar soha faxriylari "O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining 30 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, viloyat hududida sodir etilgan jinoyatlarni "issiq izi"da fosh etishga hissa qo'shgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlari ham pul hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Ushbu esdalik nishonlari va mukofotlarni Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik Abduvohid Ismoilov o'z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Text to speech