Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari uchun psixologik trening mashg'ulotlari o'tkazildi
Joriy yilning 17 iyul kuni Iso at-Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan yosh xodimlar o'rtasida suisid holatlarining oldini olish, xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi ma'naviy-ruhiy muhit barqarorligini ta'minlash, shaxsiy tarkibning xizmat va dam olish sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning oilaviy-maishiy muammolarini o'rganish va ijobiy hal etishda ko'maklashish, xodimlardagi ruhiy o'zgarishlarning sabablarini chuqur o'rganish maqsadida, Boshqarma ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash xizmati psixologik ta'minlash guruhi mutaxassis-psixologlari, xotin-qizlar masalalari bo'yicha bosh inspektori hamda Termiz davlat universiteti psixologiya kafedrasi o'qituvchilari bilan hamkorlikda psixologik - trening mashg'uloti o'tkazildi.
O'tkazilgan mashg'ulot davomida, fuqarolar bilan muloqotga kirishishdagi muammolar, tushkunlik holatlaridan chiqib ketish uchun qo'llaniladigan mashg'ulotlar, ularning oila turmush tarzidagi salbiy holatlarda xodimlar o'zlarini bosiqlik bilan his-hayajonga berilmasdan bartaraf etish choralari, shuningdek, qiziqarli trening mashg'ulotlari orqali o'zgalarga va inson o'zining ongiga ta'sir ko'rsatish holatlari o'rganildi.
Ushbu o'tkazilgan mashg'ulotlar ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar uchun juda muhimligi aks ettirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati