Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari uchun ijara pullari tantanali ravishda topshirildi
O'zbekiston Respublikasining "ichki ishlar organlari to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 martdagi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 29 iyundagi 444-son "ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy sharoitlarini yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi va 2017 yil 26 sentyabrdagi "ichki ishlar organlarining xizmat uy-joylari fondini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarorlari hamda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 8 iyundagi "ichki ishlar organlari xodimlarini uy-joy bilan ta'minlash va yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi buyrug'iga muvofiq, ichki ishlar organlari xodimlarining turar joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj xodimlarni ijtimoiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, ochiq va oshkora, adolatli hamda korrupsiyadan holi zamonaviy tizimni yo'lga qo'yish orqali xodimlarga turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun oylik kompensasiya (pul kompensasiya) to'lashi belgilangan.
Shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati IIB va quyi tizimida xizmat olib borayotgan bir qator ichki ishlar organlari xodimlariga kompensasiya pullari to'lab berilishi uchun pul mablag'lari Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va kadrlar bilan ta'minlash xizmati boshlig'i o'rinbosari mayor H.Nurmatov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati