11 Dekabr 2021 yil 552

Surxondaryoda, ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 31 mart kunidagi "ichki ishlar organlari tizimida "Zakovat" intellektual o'yinlarini tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'i, 2021 yil 9 noyabrdagi "ichki ishlar organlari tizimida kasbiy tayyorgarlik oyligini o'tkazish to'g'risida"gi Farmoyishi hamda Surxondaryo viloyati IIBning 2021 yil 5 may kunidagi buyruqlarining ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 11 dekabr kuni Surxondaryo viloyati matbuot uyi binosida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yinlari o'tkazildi.
Unda viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar, tuman ichki ishlar organlari xodimlari hamda ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik liseyidan tuzilgan jami 12 ta jamoa ishtirok etib, mazkur jamoalar ishtirokidagi bahslar murosasiz bellashuvlarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Bellashuvlar natijasiga ko'ra faxrli 3-o'rinni, Qumqo'rg'on tumani ichki ishlar bo'limining "yoshlar" jamoasi, faxrli 2-o'rinni Bandixon tuman ichki ishlar bo'limining "leytenantlar" jamoasi hamda 1-o'rinni Sariosiyo tumani ichki ishlar bo'limining "kapitanlar" jamoasi qo'lga kiritdi.
Musobaqaning g'olib va sovrindorlari boshqarma boshlig'ining diplom, kitoblar jamlanmasi hamda qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlandilar. Bu kabi intellektual o'yinlarning tashkil etilishi ichki ishlar organlari xodimlarining bilim va salohiyatini intellektual qobiliyati shuningdek hozir javobligini oshirishga xizmat qilishi bilan birgalikda xodimlarning o'z ustida ishlashlari, kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech