14 Dekabr 2021 yil 430

Surxondaryoda, Ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida o'q otish musobaqasi o'tkazildi

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2018 yil 17 yanvar kunidagi "Ichki ishlar organlarida xizmat, jangovar, jismoniy va axloqiy-psixologik tayyorgarlik mashg'ulotlarini o'tkazish qoidalarini tasdiqlash to'g'risida"gi buyrug'i hamda tegishli farmoyishiga asosan, viloyat ichki ishlar organlarida "Kasbiy tayyorgarlik oyligi" o'tkazilmoqda.
Shu munosabati bilan Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlarining o'q-otar qurollardan samarali foydalanish ko'nikmalarini yanada oshirish maqsadida, jangovar qurollardan ichki ishlar organlari xodim va xodimalari o'rtasida "o'q otish" musobaqasi o'tkazildi.
Tashkil etilgan musobaqada, viloyat ichki ishlar organlari xodimlarining o'qotar qurollardan maxsus harakatlarda mohirona hamda samarali foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini shuningdek, tabel qurolidan to'g'ri foydalanish, qismlarga ajratish va yig'ish taktikasini oshirish borasidagi baxslar olib borildi.
Murosasiz va keskin kurashlarga boy bo'lgan musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan ichki ishlar organlari xodimlari, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining birinchi, ikkinchi, uchinchi darajali diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech