Surxondaryoda ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "eng yaxshi kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Joriy yilning 27 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021 yil 2 avgust kunidagi ichki ishlar organlarida "namunali ma'naviyat va ma'rifat xonasi", "eng yaxshi kutubxona" va "eng yaxshi kitobxon" ko'rik tanlovlarini o'tkazish to'g'risida buyrug'ining ijrosini taminlash maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o'rtasida "eng yaxshi kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Ushbu tanlovni adolatli va yuqori saviyada o'tishini ta'minlash maqsadida, Termiz Davlat universitetining 3 nafar professor o'qituvchilari taklif etildi. Ko'rik tanlov qizg'in baxs va munozaralarga boy o'tdi.
Ko'rik tanlovda ishtirok etgan jami 17 nafar ishtirokchilar orasida o'zining bilimdonligi, hozirjavobligi va zukkoligi bilan ajralib turgan Jarqo'rg'on tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmasi voyaga etmaganlar bo'yicha inspektor psixologi leytenant M.Po'latova faxrli uchinchi o'rinni, Muzrabot tumani IIB xuquqbuzarliklar profilaktikasi profilaktika inspektori katta leytenant I.Esanov faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, Boysun tumani IIB 3-sektor faolitini muvofiqlashtirish bo'yicha katta inspektori leytenant A.Qodirov birinchi o'rinni egalladi.
Tanlov g'oliblariga boshqarma boshlig'ining diplom va qimmatbaho estalik sovg'alari, faol ishtirok etgan tanlov ishtirokchilariga esa badiiy kitoblar jamlanmasi tantanali ravishda topshirildi.
Tanlovda g'olibi leytenant A.Qodirov ichki ishlar vazirligida bo'lib o'tadigan "eng yaxshi kitobxon" ko'rik tanlovning yakuniy bosqichida ishtirok etish uchun yo'llanmaga sazovor bo'ldi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati