9 Aprel 2020 yil 649

Surxondaryoda ichki ishlar organlari pensionerlarining pensiyalari yashash manzillariga etkazib berilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvar kunidagi PF-5537-sonli va 19 mart kunidagi PF-5969-son farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 mart kunidagi 176-sonli qarorida O'zbekiston Respublikasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Moliya va moddiy texnika ta'minot xizmati, pensiya ta'minoti bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan, dunyo bo'ylab insoniyat boshiga xavf solayotgan COVID 19 koronavirus pandemiyasining ichki ishlar organlari xodimlari hamda pensionerlari o'rtasida tarqalishining oldini olish maqsadida, 2020 yilning aprel oyi pensiya pullarini pensionerlarning yashash manzillariga olib borilmoqda.
Bunday xayrli ishlardan ichki ishlar organlari pensionerlari o'z minnatdorchiliklarini bildirishmoqda.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Moliya va moddiy texnika ta'minot xizmati, pensiya ta'minoti bo'limi mas'ul xodimlari tomonidan tashkil etilgan mazkur hayrli ishlar natijasida, ichki ishlar organlari pensionerlari tomonidan karantin qoidalari buzilishining oldini olish bilan birga ularning uyida qolishiga imkon yaratadi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech