16 Sentyabr 2021 yil 390

Surxondaryoda hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda giyohfurushlar qo'lga olindi

Termiz shahrida, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Denov tuman Davlat xavfsizlik xizmati va viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, 6 sentyabr kuni soat 15.00 larda, Denov tumani "Oqqo'rg'on" mahallasida yashovchi, N.Botir vaqtincha yashab kelayotgan, shaharning "Tuproqqo'rg'on" mahallasidagi uyning yuvinish xonasidan 0,95 gr gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib olingan. Tezkor tadbir davomida, 7 sentyabr kuni soat 17.00 larda, Denov tumani "totuvli" mahallasi hududida joylashgan "Ibroxim ota" bozor yonida, Denov tumani "Buyuk kelajak" mahallasida yashovchi, J.Sirojiddin mijozga 1,26 gr gashish giyohvandlik moddasini 200.000 (ikki yuz ming) so'mga sotayotganda ushlangan. Shu kuni soat 19.00 larda, Denov tumani "Yangiobod" mahallasi hududida, shu mahallada yashovchi, I.Sunnatullo ushlanib, tekshirilganida uning yonidan 1,17 gr gashish va 0,22 gr geroin giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib olinadi va uning uyi ko'zdan kechirilganda, ichki xonasida 1,12 gr opiy hamda 13,59 gr gashish giyohvandlik moddalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan va tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 8 sentyabr kuni N.Botirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan, J.Sirojiddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan, I.Sunnatulloga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech