7 May 2021 yil
597
Surxondaryoda faxriylar e'zozlanib, o'tganlar xotirlandi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlari faxriylari hamda xizmat vazifasini bajarish vaqtida holok bo'lgan marhum xodimlarning oila a'zolarini ijtimoiy qo'llab quvvatlash maqsadida, Termiz tumani hududidagi Al-Hakim at-Termiziy ziyoratgohida Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov boshchiligidagi viloyatning barcha sektor rahbarlari ishtirokida o'tganlarning xotirasi yodga olinib, ularning pok ruhlariga tilovatlar qilindi.
Shuningdek, xizmat vaqtida halok bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila a'zolarini moddiy va ma'naviy qo'llab quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati