15 Fevral 2022 yil 282

Surxondaryoda avf etilganlar ijtimoiy hayotga yo'naltirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoevning "Ozodlikdan mahrum etish jazosini o'tayotgan, qilmishiga chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan va tuzalish yo'liga o'tgan bir guruh shaxslarni afv etish to'g'risida"gi Farmoniga binoan, Surxondaryo viloyatidan ham 2 nafar shaxslar jazoni ijro etish muassasalardan ozod etilib, yashash manzillariga qaytdi.
Bugun viloyat hokimi To'ra Bobolov hamda viloyat IIB boshlig'i polkovnik Abduvohid Ismoilovlar afv etilganlarni qabul qilib, ularga xalqimizga xos bag'rikenglik fazilatini namoyon etgan Prezidentimizning ishonchini oqlab, sog'lom turmush tarzini yo'lga qo'yish, jamiyatda o'z o'rnini topishi, yuz berayotgan o'zgarish va yangilanishlarning faol ishtirokchisi bo'lishi lozimligini ta'kidladi.
Mutasaddilarga afv etilganlarni ijtimoiy moslashtirish, moddiy-ma'naviy qo'llab-quvvatlash, salomatliklarini tiklash, ishga joylashtirish va shu kabi boshqa hayotiy masalalarda amaliy yordam berish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.

Text to speech