Surxondaryoda "10000 qadam sog'lom turmush tarzi" aktsiyasi o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabr kunidagi "sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-son Farmoni talablari ijrosini ta'minlash yuzasidan ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi mas'ul xodimlarining tashabbusi bilan ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada jadallashtirib, viloyat ichki ishlar organlari xodim va xodimalari orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ularni sportga bo'lgan qiziqishini oshirish, sog'lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish maqsadida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan joriy yilning 12 may kuni 10.000 ming qadam yurish aktsiyasi doirasidagi tadbiri uyushqoqlik va ko'tarinki ruhda o'tkazildi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati