11 Fevral 2022 yil 441

Surxondaryo viloyatidagi Mehmonxonalar nazorat tartibida o'rganilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi, viloyat IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, Termiz shahar IIB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limi hamda Termiz shahar Turizm va sport bo'limi xodimlari tomonidan viloyat hududiga tashrif buyurayotgan mahalliy va xorijiy mehmonlar "YE-mehmon" elektron dasturiga kiritilishi, xorijiy fuqarolarning pasport va viza qoidalariga rioya qilinishi, xorijiy fuqarolarning boshqa manzilda yashamayotganligi, shuningdek mehmonxona litsenziyasi va sertifikatlarining amal qilish muddatlari bo'yicha Termiz shahar hududida joylashgan mehmonxonalar nazorat tartibida o'rganildi.
Shuningdek, mehmonxonalar xududiy "UZTELECOM" kompaniyasining bo'limlari bilan shartnoma tuzish va mehmonxonalardagi mavjud videokuzatuv kameralarini IP-manzillar yagona kuzatuv markaziga bog'lash bo'yicha, mehmonxona mas'ul xodimlariga tushuntirishlar berildi.
O'rganish so'ngida, mehmonxona ishchi-xizmatchilariga tegishli yo'riqnomalar berilib, ular tomonidan sohaga oid berilgan savollariga mas'ul xodimlar tomonidan tushuntirishlar berildi.
Surxondaryo viloyati hududidagi Mehmonxonalar nazorat tartibidagi o'rganish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech